Shom nomozi vaqti

Assalomu alaykum! Men bir kishidan shom namozi vaqtida quyosh botgandan so‘ng qizil shafaq ketmaguncha namozni o‘qib bo‘lmaydi deb eshitdim. Shu rostmi? U kishini aytishicha qizil shafaq chiqib turganda shayton shu tomonga shoxini tirab turgan bo‘larkan. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri aytibdi. U vaqtda quyosh botib bo‘lgan bo‘ladi. Shom vaqti quyoshning dumalog‘i g‘oyib bo‘lishi bilan boshlanadi. Qizil shafaq yo‘qolganida bir qavlga  binoan shom vaqti chiqqan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 154 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar