G‘o‘rob ichimligi

Assalomu alaykum! G‘o‘rob ichimligini ichish joizmi? Uzum pishgan paytda (asosan Xusayni) shisha idishga yaxshilab joylab quyosh tegadigan joyda masalan uyning tomiga quyib to keyingi yilning bahorigacha saqlanadi. Bahorda ochib i’stemol qilinadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi qoidaga tushsa ichish joiz emas. حَرُمَ الْخَمْرُ، وَهِيَ النِّيءُ مِنْ مَاءِ عِنَبٍ غَلَا وَاشْتَدَّ وَقَذَفَ بِالزَّبَدِ، وَإِنْ قَلَّتْ، كَالطِّلَاءِ، وَهُوَ مَاءُ عِنَبٍ طُبِخَ فَذَهَبَ أَقَلُّ مِنْ ثُلُثَيْهِ، وَغَلِظَا نَجَاسَةً وَحُرْمَةُ الْخَمْرِ أَقْوَى، فَيَكْفُرُ مُسْتَحِلُّهَا فَقَطْ وَحَلَّ  وَخَلُّ الْخَمْرِ وَلَوْ بِعِلَاجٍXamr haromdir. U qaynatilmagan, xom holatdagi uzum suvining bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirganidir. Shuningdek, tilo ham. U ham uzum suvi bo‘lib, pishirilganda uchdan ikkisidan ozi ketganidir. Ikkisi ham najosati g‘alizadir.Xamrning haromligi kuchlidir va faqat uni halol sanagangina kofir bo‘ladi. Xamr biror muolaja bilan sirkaga aylantirilsa, bu sirka halol bo‘ladi.Endi «Muxtasari Viqoya»da kelgan matnlarni sharh qilishga o‘taylik.Xamr haromdir. U qaynatilmagan, xom holatdagi uzum suvining bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirganidir. Shuningdek, tilo ham. U ham uzum suvi bo‘lib, pishirilganda uchdan ikkisidan ozi ketganidir. Ikkisi ham najosati g‘alizadir.Ya’ni xamr va tilo ikkisi ham engil najosat emas, og‘ir najosatdir.Tilo – musallas bo‘lib, u harom bo‘lishi uchun shakar solinmagan, bijg‘ib, kuchayib, ko‘pirgan bo‘lishi shart.Xamrning haromligi Qur’on, Sunnat va ummatning ijmo’si bilan sobit bo‘lgan.Alloh taolo Moida surasida: إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ۝  وَأَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَاحْذَرُواْ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُواْ أَنَّمَا عَلَى رَسُولِنَا الْبَلاَغُ الْمُبِينُ۝ «Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?! Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling va hazir bo‘ling! Agar yuz o‘girsangiz, bilingki, Rasulimiz zimmasida ochiq-oydin etkazish, xolos», degan (91-92-oyatlar).عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ كُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ، وَكُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ، وَمَنْ شَرِبَ الْخَمْرَ فِي الدُّنْيَا فَمَاتَ، وَهُوَ يُدْمِنُهَا لَمْ يَتُبْ، لَمْ يَشْرَبْهَا فِي الْآخِرَةِ  رَوَاهُ الْخَمْسَةُIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast qiluvchi xamrdir. Har bir mast qiluvchi haromdir. Kim bu dunyoda xamrni ichib, uni tark qilmay o‘lib ketsa, tavba qilmasa, oxiratda uni ichmas», dedilar».Beshovlari rivoyat qilishgan.Xamrning haromligi kuchlidir va faqat uni halol sanagangina kofir bo‘ladi. Xamr biror muolaja bilan sirkaga aylantirilsa, bu sirka halol bo‘ladi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ إِذَا دُبِغَ الْإِهَابُ، فَقَدْ طَهُرَ  وَفِي رِوَايَةٍ أَيُّمَا إِهَابٍ دُبِغَ، فَقَدْ طَهُرَ  رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّIbn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«U kishi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Oshlanmagan teri oshlansa, batahqiq, pok bo‘ladi», deganlarini eshitganman», dedi».Boshqa bir rivoyatda:«Qaysi bir oshlanmagan teri oshlansa, batahqiq, pok bo‘lur», deyilgan.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Demak, teri xoh u xarom o‘lgan go‘shti halol hayvonning terisimi yoki cho‘chqadan boshqa  go‘shti harom hayvonlarning terisimi, oshlash bilan pok bo‘lar ekan. Xamrga ham ishlov berib, sirkaga aylantirilsa, o‘sha sirka pok bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 219 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar