Yumshoq joyga sajda qilish
Assalomu alaykum! Yumshoq joyga sajda qilish boyicha berilgan javoblarni o‘qib chiqdim. Bir tanishimga aytsam mendan nima daliling bor deb so‘radi. Men unga siz tomoningizdan berilgan javobni ko‘rsatdim. Lekin u tanishim menga "er sathidan to‘liq g‘oyib bo‘lishi uchun necha santimetr yumshoq joyga botishi kerak " va "dalil ko‘rsatilmagan bu haqda" dedi. Men indamadim. Meni tortishish niyatim yo‘q, agar dalil yoki biror bir shunga o‘xshash narsa bo‘lsa javobda yozib yuborsangiz. Alloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi. وَيَجُوزُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ يَجِدُ حَجْمَهُ، وَتَسْتَقِرُّ جَبْهَتُهُ عَلَيْهِ، وَعَلَى ظَهْرِ مَنْ يُصَلِّي صَلَاتَهُ فِي الزِّحَامِ Hajmi bor va ustiga peshonasi o‘rnashadigan har bir narsa ustiga sajda qilish joiz.
Albatta, mazkur narsa jamodot yoki nabotot bo‘lishi mumkin, ammo hayvonot bo‘lmasligi shart. Shu bilan birga, sajda qilingan narsada peshona o‘rnashib turadigan bo‘lishi lozim. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar