Taloqligini bilmagandim
Assalomu alaykum! Xurmatli axli ilim ustozlar Sizlardan avvaldan uzur surayman savolim kiska bulmaganligi uchun. Sababi sizlardan surab bilmaganlarimga anikli kiritib sizdek axli ilim ustozlardan bilib urganib tushinib olish Savolim kuydagicha ustozlar Yoshim xozirda 39 da Oilaligman 3 nafar farzandim bor Vaxtli uylanganman yani 17 yoshimda Yoshligimda na otam na onam na manga kubba ukigan domla talok nima bu kanday suz okibati kanaka xech kim aytmagan Alloh guvox uzim xam tushinmaganman bilmaganman na bir ilim olganman na dinimiz xakida tushuncham bulmagan Nikoxim xam oddiy bitta xadim marosimi bilan utgan Kubba ukigan domla ayolimga beriladigon maxir nima ota onam xam bular xakida aytishmagan Yosh uylandim oila nima tushinib yetmagan davrim bulgan Aelim bilan aloxida domda yashar edig kup ichardim ichkanimda kup janjallashardig kup urishib kolardik Allohga ming bor shukurlar bulsin xozir birma bir ilim olyabman yomon odatlarimni yegishtirdim xar kuni kunduzi xam kechasi xam Allohga tavba kilaman tushunib ilim urganib dinynimiz konun koidalarini xabar topkan sarim urgangan sarim kilgan ishlarimdan gapirgan gaplarimdan pushaymon bulaman Allohdan umid kilaman tavbalarimi kabul kilishini surab namozlarimda xam Ilimsiz diynimizdan tushuncham bulmasdan talok nima maxir digani nima tushunmagan vaxtlarimda mast xolatimda kattik janjallashganimda ayolimga talok xam digan ekanman 3 taloksan xam derdim Talok diganini man ayolini shunaka yul bilan jalolash dib tushinganman Alloh guvox Uylangan oilali inson ayoliga ishlatadigon oddiy sukishdek suz dib bilganman Aloxida yashaganimiz uchunmi ayolim xam yosh bulganidan tushinmasligidan ilimsiz bulganidanmi bilmadim xech kim bilmagan Yosh oilamiz xech kim tushuntimagan biz xam suramaganmiz oddiy suz katori tushunchamiz tufaylimi uzimiz urishib uzimiz yarashib yura verganmiz Talok nima ekanligini yurtimizda internetlar rivojlanib internet orkali bu uta jiddiy man kilingan suz ekanligini bilib xabar topmaginimcha Iltimos sizlarga xamma narsani ochig aytib berdim Alloh guvox mani tushuncham xam ilimim xam urgatgan yoki nasixat kilgan insonim bulmagan nikox ukigan domla xam rozimisilar dib ikala tarafdan suragan buldi kubba ukib pulini olganu ketgan Ayolim xam man xam kattik pushaymondamiz Iltimos maslaxat berilar ustozlar nima kilsek buladi katta farzandim 20 Utancha farzandim 16 yoshga tuladi yakinda Allohga shukur xozir tushinib urganganligim uchun Ayolim xam uzim xam kattik pushaymonmiz Sizlar kabi yaxshi axli ilim domlani oldiga borib kubba ukitib olseg imkon bormi kaytib bu suzni ogzimga olmas edim Ilimsiz , spirtli ichimlig ichib yurgan vaxtlarimda tushunmaganman Nikox ukitib olseg buladimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsuski taloqni bilmaslik uzr emas. Uch taloq degan bo‘lsangiz bo‘lib ham bir necha marta aytgan bo‘lsangiz uch taloq tushgan bo‘ladi. Bizni bilganimiz shu. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsuski taloqni bilmaslik uzr emas. Uch taloq degan bo‘lsangiz bo‘lib ham bir necha marta aytgan bo‘lsangiz uch taloq tushgan bo‘ladi. Bizni bilganimiz shu. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush