Erdan qo‘shib olish

Assalomu alaykum! Uyimiznig garaji ko‘chaga yani maxalla yo‘liga 60 70 sm chiqqan lekin maxala hududiga kirsada yo‘lovchilarga halaqit bermaydi shuni olib tashlash kerakmi yoki o‘z uyimiz hududidan shuncha miqdorida Davlat hududiga ajratsakmi yoki bir to‘lovini qilsakmi Shariatimiz bo‘icha shu chegaramizdan tashqariga chiqqan 60-70sm birovning haqqiga zulm xisoblanib qolmaydimi degan savol bizni xavotirga solyapti shunga shar’iy echim topishimizda siz aziz ahli ilmlarimizning yordamizga muhtojmiz iltimos shu masalani echimiga yordamlashinglar sizning javobingizga ko‘ra ish qilamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Chegaralab qo‘yilgan xudaddan tashqariga chiqish mutlaqo joiz emas. Juda ko‘p insonlar chegaradan tashqariga chiqib bino qurib olganlar. O‘tuvchilarga qiyinchilik tug‘dirganlari ham ko‘p. Bunday qilish ko‘pchilikni haqqini eyish va zulm hisoblanadi. O‘sha 60-70dan voz keching. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar