Xufton namozini bamdodga yaqin o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men mana qariyb 1 yildirki xufton namozini ertalab ya’ni bomdoddan 30minut oldin o‘qiyman. Xufton vaqti kirganda charchoq bo‘ladi yoki bu allaqachon refleks bobqogan(o‘zi aslida boshidan shayton yo‘ldan urib kegan menimcha. Dangasalik desa ham bo‘lar balkim). Shuni hukmi nima bo‘ladi? Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan sunnatga zid ish qilayapsiz ekan. Ulamolar fazoili a’mol  bobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarini keltirganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam avval xuftonni o‘qib keyin uyquga yotar edilar. Siz har kuni ko‘plab savoblardan mahrum bo‘layapsiz ekan. عن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ( إن من ورائكم أيام الصبر ، الصبر فيهن كقبض على الجمر للعامل فيها أجر خمسين قالوا : يا رسول الله أجر خمسين منهم أو خمسين منا . قال : خمسين منكم ) قال الهيثمي رواه البزار والطبراني  Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ortingizda sabr kunlari bor. U kunlarda sabr qilish qo‘lida cho‘g‘ni tutib turish kabi bo‘ladi. U kunlarda diniga amal qiluvchilar uchun ellik kishining ajri bor” dedilar. Shunda sahobalar “O‘zlaridan ellik kishinimi yoki bizdan ellik kishinimi yo Rasululloh” dedilar. U zot “Sizdan ellik kishini” dedilar. Bazzor va Tabaroniylar rovoyati. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ، قال رسول الله صلى الله عليه وسلم  من تمسك بسنتي عند فساد أمتي فله أجر مائة شهيد". وفي رواية: "فله أجر شهيد". رواها الطبراني  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatim fasodga uchraganda sunnatimga amal qilgan kishiga yuzta shahidning savobi bordir” dedilar. Boshqa bir rivoyatda “Bitta shahidning savobi bordir” deganlar. Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar