Mushukning zarari haqida
Assalomu alaykum Ustozlar! Beminnat berayotgan javoblaringiz uchun Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin! Bizning uyda mushugimiz bor. Bir necha oy ilgari ko‘p qavatli uyda yashaganligimiz sababli mushugimiz deyarli eshikka ham chiqmasdi, lekin hozirda hovliga ko‘chib chiqqanligimiz sababli qorni och qolganda va kechqurun sovqotganida uyga kiradi, non va ovqat bersak ozgina eb yana chiqib ketadi. Eshikka chiqarmaslikning iloji yo‘q. Ba’zi paytlarda qo‘shnimiz "Mushugingiz mening tovug‘imni eb qo‘ydi, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim" degan gaplarni aytadi va biz ham 1-2 marta ko‘chadan tovuq olib kelib eyayotganini ko‘rganmiz. Savol: 1. Ushbu eb qo‘ygan tovug‘ini pulini berish kerakmi? 2. Hozirda havo sovuq bo‘lganligi sababli ovloqroq joyga olib borib tashlashga qo‘rqib turibmiz, o‘ldirishga qo‘limiz bormaydi. Sovuq bo‘lsa ham ovloqroq joyga olib borib tashlasak gunoh bo‘lmaydimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘lashingiz shart. O‘ldirmang, boqing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:14 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘lashingiz shart. O‘ldirmang, boqing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:14 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar