Jostik va pultlar sotish

Assalomu alaykum! Sizlardan bir o‘yin haqida so‘ralgan ekan, u o‘yinda butga sig‘inish kerak bo‘ladigan joyi bor! Allohdan o‘zgaga sig‘inish shirkligini bilamiz! Bu o‘yin ichida butga sig‘inish shirkga rozi bo‘lish demakdir, Shirkga rozi bo‘lish, shirk demakdir degan manoda javob yozgan ekansizlar! Men so‘ramoqchi bo‘lgan narsam, tijoratimiz texnikaga bog‘liq shu texnikalar orasida yuqorida keltirilgan o‘yinga aloqador narsalar ham bor (pult va jostiklar) bular yordamida o‘yin osonlashadi! Bu narsalarni sotish shirkga rozi bo‘lish (shirk) emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa maqsadlarda ham ishlatiladigan bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar