Islom dannogo ya ranshe tarixi
Assalomu alaykum! Kidiruv xizmatidan izlab topolmadim. Agar savolim takrorlanayotgan bolsa uzr sorayman. Men institutda okiyman. (Rus tilida okitiladigan guruxda). Bizga religiovedenie degan fan otiladi. Bugun shu fandan Xristianlik dini xakida ukituvchi kuyidagi gaplarni aytdi: " Xristianlik va Buddizm dinlari Islom dinidan oldin paydo bolgan. Islom dini shu ikki din asosida shakllangan. Muxammad (s.a.v.) asli savdogar bolgan. Karvonda boshka davlatlarga borib kelib yurgan paytlarida ushbu dinlar xakida ma’lumotga ega bolib, keyin shu dinlardan ba’zi joylarini kuchirib Islom dinini yaratgan." Va bunga Odam otoni Xristianlik dinida Adam, Momo xovo - Eva deyilishini misol kildi. Xristianlik Islom dinidan oldin paydo bolgan va Xudo xamma narsaning yaratuvchisi ekanligi Islom dinidan avval Xristianlik dinida aytilgan degan dallilarni keltirdi. Men ularga Muxammad (s.a.v.) Ollox bilan gaplashganligini, Olloxning elchisi ekanligini isbotlaganini, buning isboti Kur’onda borligini aytdim. Mening bilmim zaifligi uchun chukurlashmadim. Ukituvchi xam "biz neytral yondashib organamiz, chukurlashmaylik" deb koya koldi. Keyingi darsimiz Islom dini tarixi xakida. Sizlardan iltimos yukoridagi muxokamaga aniklik kiritib bersangiz. Men keyingi darsda Islom dini yaralish tarixini gapirib bermokchiman. Menga rus tilidagi ishonchli ma’lumot kerak. Bu juda muxim. Men ozim muslimaman. Olloxdan korkaman va notogri ma’lumot berishni xoxlamaganim uchun ushbu saytga murojaat kilyabman. Ma’lumot ornida : ukituvchimiz va kursdoshlarim xammasi musulmon. Xech kim ukituvchini gaplarini inkor kilmadi. Ularning gaplaridan dilim ogridi. Javobingiz uchun oldindan katta raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida birinchi inson yaratilishidan avval ham barcha borliqning Yaratuvchisi Allohga boshqa maxluqotlar tomonidan ibodat qilingan. Birinchi yaralgan inson Odam alayhissalom barcha insoniyatning otasidir. Yagona Yaratuvchi huzurida bandalar uchun joriy din ham yagona bo‘lgan. Yaratuvchi Allohni va U joriy qilgan dinni tushuntirish uchun odamlarga o‘zlari ichidan payg‘ambarlar ham tanlab yuborilgan. Payg‘ambardan so‘ng odamlar ahdlarida turmay, adashib qolavergach, Alloh yangi payg‘ambarni yuborgan. Barcha haq samoviy dinlarning va ularni olib kelgan payg‘ambarlarni asli bir. Islom dini ularning oxirgisidir. Muhammad alayhissalom payg‘ambarlarning so‘nggisidir. Darsingiz Islom dini tarixi haqida bo‘lsa, o‘qituvchi bilan birgalikda dunyo tan olgan alloma shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Islom tarixi" kitobini o‘qinglar, tortishishga o‘rin ham qolmaydi va foydali ilm ham hosil bo‘ladi. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://islom.uz/maqola/9358
26 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 172 | Islam