Namozlarni oldindan o‘qish

Assalomu alaykum! Namozlarni qoshib o‘qish mumkinmi? Oldindan o‘qiy olmasligimni bilsam. Masalan Shom vaqti poezd yoki samolyotda bo‘lishimni bilsam Asr vaqti Shomni ham qo‘shib o‘qishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti kirmagan namozni o‘qish joiz emas. Mabodo o‘qilsa, vaqti kirganidan keyin qayta o‘qish farz bo‘ladi. Siz aytgan holatda asr bilan shomni ham qilish qo‘shib o‘qish shariatda mumkin emas. Boshqa mazhablarda safarda namozni jam qilib qo‘shib o‘qish bor, lekin ular ham asr bilan shomni jam qilishmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar