Bu tarzda o‘qilgan namozlar ado bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ayolimning homilasi kattalashgan vaqtda namozlarini o‘qiyotganida sajdaga borishdan qo‘rqib uning o‘rniga o‘tirgan holida sal egilib o‘qiyotganini aytdi. Shunda men ayolimdan sajdaga qay darajada egila olishligini so‘radim va o‘sha joygacha bo‘lgan balandlikka stulga o‘xshash tekis narsa qo‘yib berdim. Keyin sajdalarini o‘sha joygacha (stulning ustiga) qilib o‘qib yurdi. Bunday qilishimga sabab, namozni to‘liq ruknlarini bajara olmaydiganlar qo‘lidan kelgan joygacha ruknlarini qilib o‘qishlik kerak degan gaplarni ko‘p eshitganman. Bundan tashqari, "Ko‘kaldosh" masjidida bir qancha juma namozlarida, tashqarida qattiq qor yog‘ib sovuq tushgani uchun, imom juma namozini o‘qishdan oldin odamlarni ichkariga ko‘proq kirgizib, "hamma oldidagi odamning elkasiga sajda qilsin, bo‘laveradi bunday sharoitlarda", deb aytgan va hammamiz o‘sha tarzda juma namozini o‘qigandik. Endi yaqinda bir tanishim ayolimni bunday namoz o‘qitganim xatoligini, sajdaga egilolmaydiganlar o‘tirgan holida egilib havoda sajda qiladi, lekin balandroq narsa qo‘yib uning ustiga sajda qilmaydi deb aytdi. Mening ayolimni o‘qitganim xatomi? Agar xato bo‘lsa ayolimning namozlari nima bo‘ladi, qazolarini o‘qisinmi? Hamda bu ishim uchun tavba qilsam kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozlari durust, qayta o‘qish shartmas, endilikda unday qilmasin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:18 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar