Ukamning holati haqida

Assalomu alaykum! Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin. Shunday  saytlarni savollarimizga javob olishimiz uchun oson qilibsizlar! Savolim shuki: ukam 24 yoshda, lekin aql 5 yoshli bolanikidek. Bolaligidan operatsiya muvaffaqiyatsiz bo‘lib, rivojlanish sustlashib ketgan. Borgan sari juda jahldor bo‘lib ketayapti. Ota-onam bir qizga uylab qo‘yishdi, uylab qo‘yishini ukam o‘zi har kun so‘rardi. Lekin o‘zgarish yaxshi tarafga bo‘lishni o‘rniga yana ham jahldor bo‘lib ketgan. Men ukamga Alloh to‘g‘risida gapirsam umuman eshitmaydi, oilamiz Alhamdullilah musulmonmiz, faqat amallar bajarilmaydi. Oilada faqat men 5 vaqt namoz o‘qiyman. Hozir Rossiyadamiz, ota-onam uyda ham rus tilida gaplashadilar. Bu ketishda ukamda shizofreniya kasalligi paydo bo‘ladi deb qo‘rqyapman. Nima  maslahat berasizlar? Masjidga oborsam yozishni o‘qishni bilmaydi. Maslahat beringlar iltimos, o‘zim doim duodaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yozish va o‘qishni bilmasada masjidga, iymon-e’tiqodi butun kishilarning xuzurlariga tez-tez olib borib turing. Alloh taolo shifoi komil bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 142 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar