Shifokor aldashga majburmi,

Assalomu alaykum! Shifokorlar bemorlarning biror kasallik borasidagi “davosi bormi?” deb berilgan savolga, agar bilmasa “bilmayman” yoki hali topilmagan bo‘lsa “topilmagan” qabilida javob berishi to‘g‘rimi yoki umid berish uchun davosi bor deyishi to‘g‘riroqmi? 2) Musulmon bo‘lmagan davlatda tibbiy saboq olayotgan musofir talabaga “Gipokrat qasamini ich so‘ng diplom olasan” deb shart qo‘yilsa qanday yo‘l tutish lozim? Bemorlarimizning barcha dardiga Allohim o‘zi shifo bersin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Qaysi biri foydali bo‘lsa o‘shani aytish kerak. Ba’zi birlar keksaysa ham toat-ibodatga egilmaydi. Undaylarga ochig‘ini aytib “Taraddudingizni ko‘ring. Toat-ibodatingizni boshlang” deyish kerak. To‘g‘risini aytish ular uchun foydalidir. Toat ibodatdagi insonga to‘g‘risini aytsangiz ham dili og‘rimaydi. Chunki u hamma narsani Allohdan deb biladi. 2). O‘sha qasamni tarkibida shirk va kufr ma’nolari bo‘lmasa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:18 | Savol-javoblar | 143 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar