Dunyoviy va diniy ilm borasidagi har xil gap-so‘zlar haqida

Bugungi kunda "Dunyoviy ilm va Diniy ilm" degan tushunchalar paydo bo‘lgan. Bu haqida do‘stlarimiz o‘rtasida ko‘plab ixtiloflarga sabab bo‘lguvchi voqelarga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Men qiziqib, baholi qudrat manbalarga murojaat qildim. Ammo ko‘p noxushliklarga sabab bo‘layotgan bu ikki tushuncha qaysi mohiyatga ko‘ra odamlar o‘rtasida bir-biriga zid talqin qilinishini tushuna olmadim. Ikkinchi tomondan ko‘plab ilm ahllarining o‘rtasida ham "diniy ilm dunyoviy ilmni, dunyoviy ilm diniy ilmni inkor qiladi" degan g‘arbona tushuncha ommalashib ketgan. Kamina yosh tadqiqotchiman. Ayni shu masala bizning tushunchalarimizga ta’sir etmoqda va bunga xolis oydinlik kiritilishiga ehtiyoj sezilmoqda. Muhtaram Shayh hazratlari! Bugun sizga ushbu maktubni to‘rt tadqiqotchining nomidan kamina yo‘llamoqdaman. Sizdan iltimos, ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mening kitoblarimni o‘qinglar.

26 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar