Kelin qaynonaga Qur’on o‘rgatishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men qaynonamga Qur’on o‘rgatib kelayotgan edim, yaqinda qaynonam mavlidga borganlarida “kelinim menga o‘rgatyapti” desalar bir otinoyi: "Bu mumkin emas keliningiz sizga ustoz bo‘lib qoladi, vaqti kelib siz biror aybi uchun urishib bersangiz yoki qattiq gapirsangiz shogird ustoziga beodoblik qilgan bo‘lib, gunoxkor bo‘lib qolasiz" debdi. Iltimos shu gap qanchalik asosli oydinlik kiritib bersangizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar siz aytgandek bo‘lsa, u otinoyi emas shaytonning malayi ekan. Chunki shayton ham ilmdan qaytaradi. Sizdan o‘rgansalar nur ustiga nur bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar