Nasixat qilinglar

Assalomu alaykum! Mening gunoxlarim shunchalar ko‘pki qancha istigfor aytsam kam, o‘ylasam menga berilgan ne’matlar ko‘pki qancha xamd aytsam kam. Ustozlar men nega bunday deyatganimni sababi gunoxlarimga azob tortaman. Agar Alloh mag‘firat qilmasa, xammamizni gunoximizni Alloh kechirsin. Ustozlar men qabr azobidan xavotirdaman, qiëmatgacha Alloh bilan robaro bo‘lguncha yana azob totishdan qo‘rqaman. Ustozlar sizlar ko‘p narsalarni, ilimlarni, xadislarni, bilasizlar men qanday qilib qabr azobidan saqlanay nasixat qilinglar. Bir amal aytingda ustoz men uni qilib faxshdan, nafs balosidan, ëlg‘ondan, riëdan, xasaddan, kibrdan, xalos bo‘lib Allohni muxabbatiga rosulini muxabbatiga va ikki dunë saodatiga erishay. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “Ey Allohim, meni bu gunohlardan tiyilishimga O‘zing madad ber. Aks holda azobinga duchor bo‘laman” deb ko‘p duo qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 152 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar