Ramazon oyidagai qazo namozlari

Assalomu alaykum! Man ramazon oyida qilinadigan har bir ibodatlar savobi ko‘paytirilib yoziladi dib eshitgandim. Masalan, nafl namozi o‘qilsa unga farz namozi o‘qilgani savobi, farz namozi o‘qilsa unga 700 baravar savob yoziladi deb eshitgandim. Ko‘p yillik qazo namozlarini ramazon oyida o‘qilganda, unga xuddi farz namozlarini ado etilgandek 700 baravar savob yoziladimi? Yoki qazo namozlari ham nafl ibodatlar qatoriga kiradimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qazoni o‘qish farz, savobi ham o‘shanga yarasha bo‘ladi. 700 emas 70 bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar