Oxir zamon taqvodorlari

Assalomu alaykum! Bir maruzada eshitdim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxir zamonda diniga mukammal amal qilgan insonni miyasi ayniganga chiqarishadi deganlar mazmunidagi hadis. Shu hadis sahihmi? Javob uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan ma’noda hadisni ko‘rmadik, ammo sahobalarni ko‘rgan tobe’inlar o‘zidan keyingilarning holini ko‘rganlarida: “Agar sizlar sahobalarni ko‘rganingizda ularni ibodatiga qattiqligi va diniga mustahkamligi Alloh va rasuliga bo‘lgan muhabbatlarini ko‘rib majnun bo‘lsalar kerak deb o‘ylar edingiz. Ammo ular sizlarni ko‘rganlarida bular musulmon bo‘lmasalar kerak deb o‘ylashgan bo‘lar edi” deganlar. Bu bir necha tobe’inlardan rivoyat qilingan. Shunday bo‘lsada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga qarata : “Sizlardan keyin sabr kunlari keladi. U kunlarda dinini mahkam tutganlar uchun sizlardan ellik kishini amalini ajri yoziladi” dedilar. “O‘zlaridan ellik kishini emasmi ey Allohning nabiysi” deyishdi. U zot: “Yo‘q sizlardan” dedilar. Tabaroniy rivoyati.  Yana bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Haraj vaqtida qilingan ibodat (Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga) menga hijrat qilganningkabi (savobi) bo‘ladi” deganlar. Muslim rivoyati. Imom Navaviy ushbu hadisdagi haraj so‘zini sharhlab : “Undan murod fitna va odamlar qilayotgan ishlarini farqlamaydigan zamondir. Unday zamonda ibodatning fazlini ko‘p bo‘lishiga sabab ba’zi bir kishilardan tashqari ommatunnaas ibodatdan g‘aflatda bo‘lganlari va undan yuz o‘girganlar va unga vaqt ajratmaganlari uchundir” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:28 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar