Taqdir haqida tushuncham
Assalomu alaykum! Olloh ilmingizni ziyoda qilsin. Ustoz sizga qazo va qadarga ya’ni taqdir ishonish haqida savol bermoqchiman. Men sizga qazo va qadar haqidagi tushunchamni aytaman siz menga to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aytsangiz, chunki noto‘g‘rimikan degan gumonga boraman. Men Alloh insonni onasining qornida 120 kunlik bo‘lganda to‘rt narsani yozadi, shundan bittasi taqdiri, shu yozilgan taqdir bilan inson umrining oxirigacha yashaydi. Yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan. Alloh bandani majburlamaydi, balki uni nima qilishini oldindan bilganligi uchun yozgan. Agar nima qilishini bilmasa Allohning Allohligi qolarmidi? Insonning rizqi yozilgan faqat halol va harom eyish o‘ziga bog‘liq. Men Rossiyada tungi smenada ishliyman. Dokument qilmaganlarni FMS deport qiladi har doim. FMS kunduzi keladi, shuning uchun ko‘pchilik kechasi uyqusiz qiyin bo‘lsa ham kechasi ishga kiradi. Mening bu masalada fikrim kimningdir deport bo‘lishi, uning bu erdan rizqi kesilganidir. Chunki hamma narsa sababiya qonuniga bog‘liq. Kimdir o‘ladi, kasal bo‘lib kimdir faqir bo‘ladi, bankrot bo‘lib. O‘sha kechasi ishliydiganlar jonini qiynamasa ham to‘g‘ri yo‘lda yursa, ibodatini qilsa, agar rizqi hozirgi ishliydigan joyidan kesilsa kechasi ishliydimi kunduzi ishliydimi biron sabab bo‘lib uyiga ketadi, balki deport bo‘lar balki kasal bo‘lar bu taqdir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta shunday. Banda sababini qilaveradi, taqdiriga bitilgani bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta shunday. Banda sababini qilaveradi, taqdiriga bitilgani bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda