Ish haqiga oid!
Assalamu alaykum muhtaram hazrat!Bir kishi ma’lum bir kasbni o‘rganadi. Misol: xonadonlarga pechlar qurish. O‘zi mohir usta bo‘lib, so‘ngra yoniga shogirdlar oladi. Oy va yillardan keyin shogirdlar ham o‘ziday usta bo‘ladi. Endi bosh usta bir vaqtning o‘zida birdan ortiq joylardan buyurtmalar qabul qilib, ba’zilariga o‘zi boshqalarinikiga shogirdlaridan yuborib ish bitiradi. Ammo mazkur holatda shogirdlar to‘laligicha o‘zi qurib bitkazgan pechlarga ham bosh usta haq oladi. Yana ham aniqrog‘i, buyurtmachidan bir dona pechni 10 so‘mga bitkazishni kelishib, ish haqini bosh usta olib, shogirdlariga o‘zi belgilagan tarzda misol uchun 5 so‘m haq beradi. Shu o‘rinda aytish kerak-ki, mazkur holatdan shogirdlar va ayrim buyurtmachilar norozilar. Shogirdlar yillar bo‘yicha xizmat qilib, ustozlari xaqini o‘tagan sanaydilar o‘zlarini va u kabi xaq olishni istaydilar. Bu holat bosh ustaga bayon qilinganda, ish bermaslik va isyon qilgan shogirdning mehnatidan foydalanmaslik tahdidi bilan qarshilanadi. Buyurtmachilar, ishni bosh ustaning o‘zi bajarmaganidan noliydi, lekin o‘zbekchilik deb san-manga bormaydi. Savol: Muhtaram hazrat! Yuqoridagi holatda bosh ustaning buyurtmachilarnikiga shogirdlarini yuborib ish bitirib, o‘rtadagi puldan olishi va umuman qilayotgan ishlari shar’an to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ish boshlashdan oldin kelishib olish lozim. Ish egasiga usta o‘zi emas, shogirdi ishlashini aytish, shogirdga pul masalasini aytish kerak. Rozi bo‘lsalar o‘zlari biladi.
27 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ish boshlashdan oldin kelishib olish lozim. Ish egasiga usta o‘zi emas, shogirdi ishlashini aytish, shogirdga pul masalasini aytish kerak. Rozi bo‘lsalar o‘zlari biladi.
27 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom