Mayyit sarposi
Assalomu alaykum! Man onamga yangi xalat sovg‘a qilgan edim, kiymasdan sandiqqa solib qo‘ydilar, man xafa bo‘lib kiymadiz desam, onam (u dunyoda kiymsiz qolaman, o‘limlik sarposi, o‘lganimda murdoshalarga beriladi, yana choynik, piyolayam beriladi bo‘lmasam u dunyoda choy icholmaymiz va hokozalar) dedilar. Bu odatlar qanchalik to‘g‘ri? Umuman olganda ulimlik sarpolar bo‘lish kerak bo‘lsa ular nimalardan iborat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi odatlar mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki o‘sha aytgan narsalarining barchasi bozorga ketadi, teng yarmi yoki undan arzonrog‘iga sotiladi. Keyin yana sizni onangizga o‘xshaganlar olib o‘shalarga atab solib qo‘yadi. Bularning birortasi ham shariatimizda yo‘q. Vafot etmasdan oldin ochlarga taom bergan, kiyimsizarga kiyim bergan haqiqiy savobga ega bo‘ladi. O‘z yaqinlaridan g‘usl qildiruvchilar bo‘lmaganlar ularga deb pul tayyorlab qo‘ysa eng afzali bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:29 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar