Tuberkulyoz

Assalomu alaykum! Meni tuberkulyoz va qandli diabet kasalligim bor. Shifokorim aytgandi, och yurgan insonni immuniteti pasayadi, keyin o‘pka sili qo‘zg‘aladi deb. Men ro‘za tutyapman, lekin kasalligim kuchayishidan havotir olyapman. Nima qilsam bo‘ladi. Shunaqa kasallik bilan og‘rigan bemorlarga dinimizda engilliklar bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar oralatib tutsangiz kasalingiz zo‘raymasa hech bo‘lmasa bir kun tutib bir kun dam olib bo‘lsa ham tuting. Ramazondan keyin qazolarini ham shunday shaklda tutib berasiz. Ro‘za tutish sog‘lig‘ingizga zarar etkazsa davolanib bo‘lib, ramazondan keyin qazosini tutib bering. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:15 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar