Mevani tishlagandagi qon

Assalomu alaykum! O‘xshash savolni qidirib topa olmadim. Meva yoki taomni eyish paytida milk yoki tishimdan qon chiqib tegadi. Shunda o‘sha qon tekkan egulikni eyishni davom ettirsam bo‘ladimi yoki u harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tupukni sarg‘aytiradigan darajadagisi harom emas. Bunchalik miqdori tahoratni ham sindirmaydi. Tupuk qizaradigan darajada bo‘lsa tahoratni sindiradi, taomni yutib yuborish yoki chiqarib yuborish ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar