Sanodan avval A’uzu billah

Assalomu alaykum! Namozda niyatda qo‘llar bog‘langandan keyin sanodan oldin A’uzu billah kalimasini aytish vojib amalmi? Sanodan avval Bismillahni aytib namoz o‘qirkan bir birodarimiz. Buni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlarining bayonida sanodan avval taavvuz va tasmiyani aytish yo‘q. Sanodan keyin taavvuz va tasmiyani imom yoki yolg‘iz o‘quvchi aytadi, iqtido qiluvchi aytmaydi. Chunki taavvuz va tasmiya qiroat qiluvchi uchun sunnat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar