Pulni naqdlash

Assalomu alaykum! Mening chet el elektron hisobimda pul bor, dollarda. U pullarni to‘g‘ridan to‘g‘ri naqdlashning iloji yo‘q. Hozirda bu pullarni naqdlashda men bir odamga uning biror bir onlayn tovarini to‘lab beryapman va naqd pulni joyida olyapman. Ustiga hech kanday foizsiz, misol uchun onlayn hisobimdan 1 to‘lab bersam u menga 1 beryapti.  Savolim quyidagicha: agar men to‘lab bersam va ortiqcha pul olsam(foizda yoki kelishilgan narxda), jizmi? Shu ortiqcha ribo emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foiz olmasdan qilishingiz shak-shubhasiz joiz. Lekin ustiga ustama qo‘yishingiz uchun, onlayn molni avval o‘zingiz to‘liq sotib olib, keyin u bilan boshqa savdo qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar