Erli ayolga uylanish

Assalomu alaykum! Men bir ayolga uylanmoqchiman. Uni eri bo‘lgan, lekin 5 yildan beri yashamaydi, ajrashkan. Uni eri yaqinda sms orqali javobingni berdim dep ayti. Bu ayol bilan nikox qilsa bo‘ladimi, u ayolga shunda taloq tushgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatda erning shaxsan o‘zi xotiniga sms orqali javobingni berdim deb yozgan bo‘lsa o‘sha kunidan boshlab iddasini o‘tirishi shart. Uch hayz ko‘rib poklanganidan keyin boshqaga nikohlansa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

15 Iyun 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 180 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar