1 Yoqtirmaslik 2 Gitara 3 Ideal inson

Assalomu alaykum! 1. Man bir xil insonlarni yoqtirmayman, ularni menga yomonligi tegmaydi lekin shunaqa tuyg‘u paydo bo‘ladiki yoqimsizligini sezaman, bu nimani belgisi kibrnimi? 2. Man bo‘sh vaqtlarimda Gitara chalishni yaxshi ko‘raman, shariatimiz bunga qanday qaraydi? 3. Bir inson bilan tortishib qoldik. Ideal inson haqida, Ideal inson deb Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytishimiz mumkinmi? Men mumkun desam u Muhammad sallallohu alayhi vasallam Yusuf alayhissalom chiroyli bo‘lmaganku deb menga javob qaytardi. Shunga nima deb javob bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Odatda kibri borlarda shunday sodir bo‘ladi. 2). Boshqa ish bilan shug‘ullaning.3). Hamma payg‘ambarlar siz aytgandek ideal inson ekanliklariga Alloh guvohlik bergan. Ularning eng mukammali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Payg‘ambarlarning birortasini ideallikdan tushirish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar