Tabletkalar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, hozirgi paytda xar xil insonga kayf beruvchi tabletkalar ko‘payib ketdi. Ular o‘zi boshqa maqsadda chiqarilgan, lekin do‘stlar uni boshqa maqsadda iste’mol qilishmoqda. Iltimos tramadol, sanat, lirika va yana shunga o‘xshash tabletkalar xaqida keng yoritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday tabletkalarni kayf qilish maqsadida iste’mol qilish harom hisoblanadi. Bemorligi uchun iste’mol qilgan odam masalan uyqu dorini ichgan odam aljirab xotinini taloq qilib qo‘ysa oraga taloq tushmaydi. Aksincha kayf qilish maqsadida iste’mol qilganidan keyin aljirab xotinini taloq qilib qo‘ysa oraga taloq tushadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar