Hazil haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir kitobda "Xadeb, diningizdan gapirib odamlarni zeriktirmasdan xazillashib xam turinglar" deb yozilgan xadisni o‘qib qoldim. Savolim shuki, bu xadis rostdan xam mavjudmi va u sahihmi? Agar shunday bo‘lsa bu qay ma’noda aytilgan? Javob uchun rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hazillashish degani noto‘g‘ri tarjima bo‘libdi. Chunki bizdagilar hazillashish deganida ko‘proq yolg‘on va birovni ermak qiladigan narsalarni tushinishadi. Aksincha rost va qiziqarli voqe’larni g‘iybat va yolg‘ondan holi holda aytish joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham shunday ishni qilar edilar. Alloma Arslon ibilan Axtar “Kulish va kuldirish voqe’alari” nomli kitob yozganlar. O‘sha kitobilaning avvalida “Birodaringni yuziga tabassum qilishing sadaqadir” deyilgan. Musulmonni qalbiga xursandchilik solish eng ulug‘ ibodatlardan hisoblanadi. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh ham ba’zida sodir bo‘lgan qiziq voqe’alarni aytib berar edilar. Kulganimizdan ko‘zlarimizga yosh kelar edi. Bir bor Suhayl Rumiyni bir ko‘zi og‘rib qoldi. Sahobalar ichiga kelib o‘tirdi va hurmo eyishni boshladi. Bir sahobiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Yo Rasululloh Suhaybilani ko‘ring bir ko‘zi og‘rib tursa ham ko‘ngliga hurmo sig‘yapti” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Suhayb shunaqami” dedilar. Buni eshitgan Suhayb roziyallohu anhu “Yo Rasululloh e’tibor qilmang men hurmoni ko‘zim og‘rimayotgan tarafdagi tishlarim bilan chaynayapman” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rosa kuldilar. Kulish va kuldirishni ham o‘z chegarasi bor. Odamlarni kuldiraman deb yolg‘on ishlatish va g‘iybat ishlatish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 178 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar