Nikoh tushadimi

Assalomu alaykum! Ustozlar, qilayotgan ishlaringizga Alloh ajr-savoblar bersin. Savolim shuki men ingliz tili fakultetida o‘qiyman. Bizlar ingliz tilidagi nutqimizni rivojlandirish uchun ustozlarimiz xar xil o‘yinlar tashkil etishadi. Kecha menga shunday rol berishdi : Men eri bo‘ldim, gruhimdagi qiz mening xotinim bo‘lib rol o‘ynadik va bizlarga shu situatsiyani berdi va bizlar improvizatsiya qilib, ingliz tilidagi gaprib, shu jarayonni rivoshlantirishimiz kerak bo‘ldi. Va shu rolni ijro etayotganimizda men va guruhimdagi "Bolalarimiz" degan so‘zlarni ishlatdik, shu rolni ijro etmastan oldin men guruhdagilarga qarab "er" rolini injro etishimni aytdim, guruhimdagi qiz "mening ayolim" bo‘lib rol o‘ynashini aytdi. Savol shuki oramizga nikoh tushdimi? Savolim berishimdan maqsad nikohning barcha shartlari o‘rinlangan, ikkimiz ham musulmonmiz, u ham men ham rozi bo‘ldik shu rolga va 11 ta guvoh bor edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu bilan nikoh bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar