Fosiq hisoblanadimi?

Assalomu alaykum! Atrofimizda juda ko‘p gunoxligini bilib turib gunox qilishadi. Xattoki keyin xursand xam bo‘lib qo‘yishadi. Xususan o‘zimizni sinfdoshlarimiz ichida xam ko‘pchilik shunday. Shu fosiqlik hisoblanadimi? Shu ishlarni qiluvchilarga nafratlanib muomala qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu birinchi o‘rinda onalarimiz yoshligimizda dinimiz, Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhabbatini qalbimizga singdira olmaganlaridan bo‘ladi. Hammaning yoshlikdagi onasidan eshitgan ertaklari qalbini tubiga yozilib qolgan bo‘ladi. O‘sha vaqtlarda biz farzandalarimizga Alloh taolo va Rasulining muhabbatini va iymonga tegishli gaplarni singidara olsak katta bo‘lgach maqsadidan og‘ishmaydi. E’tibor bersangiz bolalar kino va multfilmlarda ko‘rgan qaxramonlariga o‘xshashga harakat qiladi. O‘sha vaqtda sahobalarning hayoti va ular ko‘rsatgan jasorat va Alloh taologa bo‘lgan muhabbatlarini singdirish kerak. Gunoh va savobni tushuntirib qo‘yish kerak. Do‘stlarga kelsak, ularning ishlarini yomon ko‘rishingizni bildirib, birorta yaxshi ish qilsalar o‘ta darajada ruhlantirib maqtang. Yana shunday ishlarni qilishga qiziqtiring. Yaxshilik qilgan inson qalbida rohatni his qiladi. Ularni shu rohatni qidiradigan bo‘lishlariga yordam bering. Insondan nafratlanmaslik kerak. Aksincha ular qiladigan gunohlaridan nafratlanish kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 174 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar