Qaysi yo‘l afzal?
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, tadbirkorga uskuna kerak, uni sotib olishga puli etmaydi, kredit olish man qilingan(xarom), shu kishi bank bilan kelishsa, uskunani bank sotib olsa va tadbirkorga qimmatroq narxda sotsa (bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan) joizmi? Yoki bu xolatdaxam ribo aralashgan bo‘ladimi? Axir nomi o‘zgargani bilan bu ish, oldingi xolatga o‘xshash emasmi? Xar bir qilingan ishni "Alloh" ko‘rib bilib turibdiku. Bundan boshqa yo‘l tutish mumkin bo‘lsa iltimos maslaxat bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu joiz, lekin vaqtida to‘lamasa penya to‘lash shart degan narsani o‘rniga vaqtida to‘lamasa biror xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishni va’dasini olish ham mumkin. Ikkisidan ham maqsad mijoz to‘lovni kechiktirmaslik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat