Tanish bilish qilib o‘qishga kirish

Assalomu alaykum! Men shifokorman. Bu yil o‘qishni davom ettirish uchun tor mutahassislikka imtihon topshirdim, lekin imtihon jarayonida ko‘pchilik pora yo‘li bilan kirayotganini ko‘rib men ham tanish bilishchilik bilan imtihondan o‘tdim. Hozir shu soha bo‘yicha 2 yil o‘qishim kerak. O‘qish davomida soat 8dan 14 00 gacha davlat shifoxonasida ishlayman. Ishlab shu soxani o‘rganyapmiz. Buning uchun bizga ish haqi beriladi. Savolim shu ish haqi men uchun halolmi? Agar halol bo‘lmasa qanday yo‘l tutay? Ishimni tashlab ketaymi? Bu ishimdan hozir qattiq afsuslanyapman. Inshaalloh boshqa bunday ishlarga aralashmayman deb Yaratganga tavba qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar shu ishga noloyiq bo‘lsangiz bir necha kishining haqqini poymol qilgan bo‘lasiz. Agar loyiq bo‘lsangiz olganingiz halol. Endi o‘sha joyni haqqini ado qiling va kuchli mutaxassis bo‘lib etishing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar