Erkak bemorga qarash mumkinmi

Assalomu alaykum! Qaynotam 65 yoshda, kasal infarkt, insult o‘tkazganlar, buyraklari xam kasal. Xullas qaynotam qish kelishi bilan biznikiga keladilar. 2 o‘g‘il xam Toshkentda. Savolim: Qaynota kelinlarga mahrammi? Biz kelinlar bazida ishtonlarigacha almashtiramiz (o‘g‘illar ishda) bo‘yinlari qotib qoladi massaj qilamiz, man vrachman orqa ya’ni dumbalariga ukol qilaman. Shu ishlarimiz to‘g‘rimi? Ovsinim 2 xonali uyda turadi, ba’zida qaynota bilan bir xonada uxlashga to‘g‘ri keladi, qizimday deydilar to‘g‘rimi? Ich kiyimlarini o‘zimiz yuvamiz, bu qanchalik to‘g‘ri? Savolimni oydinlashtirish uchun 2 o‘g‘ildan tashqari 3ta qizlari ham bor, qaynonamiz o‘tganlar, lekin 15 yildan beri birga yashaydigan xotinlari bor. Xotini qarashni xoxlamaydi. Shu masalalarga oydinlik kiritsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaynota kelingan mahram, chunki Alloh taolo Qur’oni karimda “O‘g‘illaringizni xotini sizlarga mahram” deb zikr qilgan. Lekin bunchalik bemalolchilik to‘g‘ri emas. Xotinini qarashga targ‘ib qilinglar, hadyalar beringlar, lekin avratini ko‘rishlaringiz joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 139 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar