Harom go‘sht ishlatiladigan oshxonada ishlash

Assalomu alaykum! Biz Koreyadagi universitetda o‘qiymiz. Bu erda ishlamasak bo‘lmaydi, yashash uchun kontrakt to‘lovi degandek. Bu erda ish qidirib ko‘rdik, lekin musulmonlarga hos halol oshxona yo‘q, boshqa oshhonalar boru ularda cho‘chqa go‘shti, spirtli ichimliklar sotiladi va ichiladi. Biz ana shunday ishxonalarda ishlashga shariatimiz ruxsat beradimi? Agar ishlamasak o‘qishni kontraktini to‘lolmaymiz va o‘qishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Javoblarin hamma narsani hal qiladi iltimos yordam berilar rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom ishlariga aralashmaydigan ishlarida ishlasangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar