Birovni ustidan pul olish

Assalomu alaykum! Agar biror odamga kunlik ish topib berib xar kunlik ish xaqqidan o‘zini rozi qilib bir qismini olib turish xalol bo‘ladimi yoki o‘zi rozi bo‘lsa xam xarommi? 2). Bordiyu roziman deb aytib pul bersayu ichidan norozi bo‘lsa buni ziyoni bo‘ladimi? Bu birovning xaqqini eyish xisoblanib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Avvalo oralaringizda vakillik shartnomasi va tayin qilingan ish haqi bo‘lishi kerak. Ya’ni o‘sha odam siz bilan ish topib berishga kelishib, o‘sha topgani uchun unga muayyan bir xizmat haqi belgilash kerak. Xizmat haqini belgilaganda insof qilish kerak. 2). Ziyoni bo‘ladi. Rozi bo‘ladigan darajada belgilash kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:47 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar