Hadis cahihmi?

Assalomu alaykum! Qilayotga ishlaringizga Alloh barakotlar bersin. “Gumon ayni iymondur” degan hadis eshitdim, shunday hadis bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday hadis borligini bilmaymiz. Lekin عن عبدالله، قال: سئل النبي - صلى الله عليه وسلم - عن الوسوسة، قال : تلك محض الإيمان Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan vasvasa haqida so‘raldi. Shunda u zot: “Bu iymonning ayni o‘zidir”, dedilar.
Ya’ni inson qalbiga vasvasaning kelishi unda xolis iymon borligining alomatidir. Qalbga vasvasa kelganligi bois inson tushkunlikka tushmasligi kerak deyilgan.
Boshqa bir hadisda.   عن أبي هريرة - رضي الله عنه - قال: جاء ناس من أصحاب النبي - صلى الله عليه وسلم
 فسألوه: إنا نجد في أنفسنا ما يتعاظم أحدنا أن يتكلم به!  قال :   وقد وجدتموه؟-، قالوا: نعم،:قال ذاك صريح الإيمان Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir necha kishilar kelib: “Qalbimizda aytishni ulkan(gunoh) deb biladigan narsalarni topamiz” deyishdi. “Uni ulkan gunoh deyishni topasizlarmi?” dedilar. Ular: “Ha” deyishdi. “O‘sha ayni iymondir” dedilar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar