Siylai rahm

Hazrat, meni akamni 1-chi ayolidan farzandi bor. lekin ular birga yashashmaydi. meni jiyanim bilan qarindoshlik aloqalarimiz yaxshi. u biznikiga, biz unikiga mehmonga borib turamiz. lekin akamga bu munosabatimiz yoqmayapti. 2-chi ayoli, farzandlari bizni oilamizni buzyapsan deb mendan xafa. shu holatda men qanday yo‘l tutishim kerak ? jiyanim uyimizga mehmonga kesa uni qaytarib yuborolmaymanku, shunga boshim qotgan. maslahat berin, akamni ranjitishni ham hohlamayman, dadam vafot etganlar, akam ota o‘rnidalar. nima qilishim kerak ?Alloh umringizni uzoq qilsin. Farzandlaringizni rohatini ko‘ring
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Akangiz noto‘g‘ri qiladi. U o‘z bolasiga qarashi vojib. Qanday qilib sizga qarshi chiqishi mumkin?

3 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 146 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar