Bismillahsiz so‘yilgan tayyorlangan narsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kitob o‘qiyotganimda ushbularni o‘qidim so‘yganda chiqqan qon, «Bismillah»siz so‘yilgan halol hayvonlarning go‘shti, dinsizlar (majusiylar) so‘ygan hayvon go‘shti, xarom deyilgan. SAVOL: men ko‘p tijorat safarlari bilan chet elga boraman iloji boricha xaromdan shubhali ovqatlardan o‘zimni tiyaman shirinliklar eyman lekin shirinliklar ham Bismillahsiz tayyorlanganku musulmon bo‘lmagan davlatda tayyorlangan shirinliklar gazli ichimliklarni ham istemol qilib bo‘lmaydimi? Yoki bu faqat jonliq so‘yilganda rioya qilinadimi? Makdonalds KFS kabi butun dunyoda bor ovqatlarni tanovvul qilib turaman, bular harommikin? Quyida o‘qigan narsamdan yana bir gap e’tiborimni tortdi so‘yganda dinsizlar (majusiylar) so‘ygan hayvon go‘shti, xarom deyilgan, lekin biz borgan joydagilar dinsiz emas ahli kitob, faqat ular musulmon emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bismillahni aytish go‘sht mahsulotlariga tegishli. Sabzavot, shirinliklarga aloqasi yo‘q. Ma’jusiylar Bismillahni aytib so‘ysalar ham halol bo‘lmaydi. Hozirgi kunda o‘zlarini ahli kitobmiz deganlarning ham ko‘pi ateist bo‘lib ketishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar