Ruza va unga bog‘liq bulgan savollar

Assalaamu Alaykum Va Rahmatullaahi Va BarakaatuhuQadirli ustoz sizni avvalom bor Alloh uzi asrasin va martabangizni bundan xam ziyoda qilsin. Men suramoqchi bo‘lga savollar mazmuni shulardan iborat:1. Duo qilayotib kuzdan yosh chiqib bu yoshni ta‘mini tilingiz sezsa ruza ochiladimi?2. Biz xozzir Janubiy Kareadamiz bu erda xalol ta‘om topib eyish ancha qiyin. Uzimizda tayorlashga imkoniyat yo‘q shu boisdan kuchada ovqatlanamiz. Kuchada esa xalol bulmagan mol gushtli ta‘om eyishga tug‘ri keladi shu narsa mumkinmi, ruzador va umuman biz musulmonlarga? 3. Xudo kuch-quvvat berib tursa ruzani tuliq tutishga niyat qilganman. Lekin ko‘zga tomiziladigan dori ishlatayotgandim. Bu dorini kuniga 4 maxal qabul qilishim kerak, shunga davolanishni davom ettirsam buladimi yoki og‘iz ochilgandan kegin quyganim ma‘qulroqmi? (eslatma: dori - suyo‘qlik va xar safar 2 tomchidan foydalanaman).Javobingiz uchun oldindan katta raxmat. Alloh rozi bulsin sizdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ochilmaydi.2. Mumkin emas. Musulmon tashkilotlarga murojaat qilinglar, yordam berishadi.3. Ko‘zga dori tomizsa ro‘za ochilmaydi.

20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 179 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar