Erning rizoligi

Assalomu alaykum! Otam olamdan o‘tganiga 5 yilcha bo‘lgan, vafoti to‘satdan bo‘lgani sabab, otamni rizoligini so‘rab olgani sharoit bo‘lmagan. Savolim: Onam, men otangdan rizoligini so‘rab olmaganman, zero vafotidan oldin xafagarchilik bo‘lmagan bo‘lsada xayot davomida ko‘p tortishganmiz mendan rozi bo‘lganmikin deb o‘zini xam bizni xam ichini eb yubordi. Iltimos shuni xukmi qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noroziman demagan bo‘lsa bo‘ldi. Onangizni qilayotgan ishi shaytonning vasvasasi. Shayton shunday qilib insonni ezib yaxshiliklardan to‘sadi. Shaytonni quli bo‘lmaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar