Bolamni etim bo‘layotganiga asosiy sababchi kim?
Assalomu alaykum! Men bir yarim yildan beri erimnikda yashamayman. Turmush qurganimga bir oy bo‘lar bo‘lmas nomahram ayollar bilan yomon uyat manolarida gaplashib yurshini bildim. Bularni to‘xtatshini bu ishi zino bo‘lishini ko‘p tushuntirdim. Lekin qaytmadi, qaytmayaman chidashga majbursan dedi. Bu orada qaynonam ham o‘g‘lini yonini olib meni uydan haydashdi. Vaqt o‘tib qaytmasang uylanaman, bolani etim bo‘lishiga sababchisan men nima qilsam ham chidashga majbursan dedi, lekin men qaytmadim. Hozirgi kunda erim uylanyotgan ekan. Bolamizni etim bo‘lishiga kimni aybi bor? Erim men bilan qonuniy ajrashmagan taloqsan demagan lekin senday xotin kerekmas, sen bilan ajrashaman, o‘rtamizda nikoh yo‘q degan so‘zlarni gapirgan. Bu so‘zlar taloq deb hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu so‘zlar taloq deb hisoblanadi, o‘sha so‘zni aytilganidan buyon uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz iddangiz ham chiqib bo‘lgan. Eringizga mutlaqo begonasiz. Kim aybdorligiga kelsak, biz bu ishlarni ichida ham tashida ham bo‘lmaganimiz uchun bilmaymiz. Ibodatga mahkam bo‘ling, pokiza bo‘lsangiz albatta Alloh taolo pokizasini ro‘baro‘ qilib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush