G‘usl va ichki kiyim

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ustozlar meni bir mavzuda ikki savolim bor. Izlash xizmatidan topmadim. 1) Agar bir kishi uyqu paytida shiddat kelganini sezsa ammo ertalab turganida maniydan asar topmasa g‘usl vojib bo‘ladimi? 2) Agar kishini yuvilgan kiyimida bir oz maniydan iz qolgan bo‘lsa shu ichki kiyimda o‘qilgan namozlarning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). G‘usl vojib bo‘lmaydi. 2). Oz ko‘pligining qanchaligiga bog‘liq. Piyolaning orqa tomonidan kichik bo‘lsa namozlari joiz. Undan katta bo‘lsa namozlarni qayta o‘qish shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar