Otani norozi bo‘lishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, islom dinida ota onani hurmat qilish, diliga ozor bermaslik kerak deyilgan. Agar oq bo‘lsa jannatga kiritilmasligi aytilgan. Men qo‘limdan kelgancha ularning dilini og‘ritmaslikka xarakat qilaman. Ammo shu kunlarda otam juda jaxldor bo‘lib kettilar. Farzandlar, nevaralarini besabab urushaveradilar. Onam saraton kasaligi bilan kasallanganlar. Asabiylashish mumkin emas. Xozirda onamni qattiq urushaveradilar, xaqoratlaydilar. Men bunga ortiq chidolmiyamman. Adamlaga qattiq gapirsam jazosi qanday bo‘ladi? Chunki oddiy gapirib tushuntirib bo‘lmiyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz gapirmang. Gapi o‘tadigan insonga gapirtiring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar