Dori tarkibi

Assalamu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’ati. Mening farzandimga doktor “akvadetrim” dorisini ichirishni tavsiya qilgan, ammo tarkibini o‘qib chiqib shubhaga boryapman. Shunga avval sizlardan maslahat so‘rashga qaror qildim. Dorining tarkibi quidagicha:” Ta’sir qiluvchi modda-xolekalseferol 15000xb. Yordamchi moddalar-gliserilrisinoletoleat makrogoli,saxaroza(250mg),natriy gidrofosfati dodekagidrati,limon kislotasining monogidrati,arpabodiyon xushbo‘yi,benzil spirti(15mg),tozalangan suv” . Bunday dorini farzandimga ichirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizni kimyo faniga aloqamiz bo‘lmagani uchun ulardan qaysi biri halol yoki haromligini bilmaymiz. Uni biladiganlardan so‘rang. Agar undagi spirt haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz :
Spirt turli narsalardan olinadi.
1-Uzum, hurmo, bug‘doy va asallardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklar bilittifoq harom bo‘lib, ularni biror narsaga dori vositasida foydalanish ham harom.
2-uzum va hurmodan tayyorlangan. Bu bilittifoq nopok. U aralashgan davo ham nopok bo‘ladi. Uni ichish ham harom. Juda ham majbur holatda mohir tabib biror bemorga “Bundan boshqa shifo bo‘ladigan davo yo‘q” desa, zarurat miqdoricha ushbu spirtdan aralash dorini iste’moli joiz. “Nihoya” kitobida “Zahira”dan naql qilinib : “Harom narsa bilan davolanish, unda shifo borligi aniq va bundan boshqa davo yo‘q bo‘lgan suratda joizdir” deyilgan. (Bahrur roiq).
3-yuqoridagi uzum va hurmodan boshqa narsalardan olingan spirt masalan bug‘doy, asal. Uning pok va nopokligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa va Abu Yusuf rohimahumallohlar nazdlarida bunday spirt pokdir. Mast bo‘lish maqsadida ichilsa joiz emas, lekin davo sifatida iste’moli joizdir. Imom Muhammad nazdlarida bunday spirt najosati hafifadir. Fatvo imom Muhammadning qavliga ko‘ra berilgan bo‘lsada, umumiy balvo qoidasiga ko‘ra spirt aralashtirilgan dorilarni mast bo‘lish maqsadidan tashqari davolanish o‘rinlarida foydalanish joizdir. Garchi taqvo va ehtiyotkorlik imom Muhammadning qovlida bo‘lsada. Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar