Ro‘za masalasidagi tushunmaganim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, endigi savolim bir oz meni ham taajjubga solmoqda. Bu savolim yuzasidan juda ko‘p izlandim. Ammo aniq javob topa olmadim. Topganim esa shu link bo‘ldi: https://savollar.islom.uz/s/61556 Bu erda mani holatimga bir oz javob qaytarilgan ammo to‘liq emas. Xullas savolim quyidagicha: Yoshligimda bir qancha gunohlarni qilgan edim, shular jumlasidan Ro‘zani qasddan buzish xollari. Ba’zan eb ichib qo‘yardim ba’zan esa istimno qilib buzardim. U vaqtda dinni bilardim ammo jazosi bu qadar og‘irligini bilmagan edim. Endi esa doimiy tavbadaman. Endi savolim shuki bularni men qanday ado qilaman. Aniq buzgan kunlarim qanchaligini ham bilmayman va har Ramazonda shunday bo‘lgan. Endi qanday yo‘l tutishim kerak? Qazosini tutamanmi yoki kafforatini hammi? Qazosini tutsam necha kunligini qanday bilsam bo‘ladi? Barcha buzganlarimni umumiy qilib barcha yilga bir kafforat tutsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qazosini ham kafforatini ham tutasiz.
SAVOL: Qasddan bir necha ro‘zasini ochib yuborgan kishiga necha marta kafforot lozim bo‘ladi?
JAVOB: Bir Ramazon oyining bir necha ro‘zasini qasddan ochgan kishiga bitta kafforot kifoya qiladi. Bir necha Ramazon oyining ro‘zalarini qasddan ochgan kishiga har bir Ramazon oyi uchun alohida-alohida kafforot to‘lashi lozim bo‘ladi. فَإِنَّ مَنْ أَفْطَرَ فِي رَمَضَانَ مِرَارًا إنْ كَانَ فِي يَوْمٍ وَاحِدٍ كَفَتْهُ كَفَّارَةٌ وَاحِدَةٌ بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ كَانَ فِي رَمَضَانَيْنِ لَزِمَهُ لِكُلِّ يَوْمٍ كَفَّارَةٌ بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ لَمْ يُكَفِّرْ لِلْأَوَّلِ فِي الصَّحِيحِ وَإِنْ كَانَ فِي رَمَضَانَ وَاحِدٍ فَأَفْطَرَ فِي يَوْمٍ وَاحِدٍ ثُمَّ فِي يَوْمٍ آخَرَ فَإِنْ كَفَّرَ لِلْأَوَّلِ لَزِمَهُ كَفَّارَةٌ لِلثَّانِي بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ لَمْ يُكَفِّرْ لِلْأَوَّلِ كَفَتْهُ كَفَّارَةُ وَاحِدَةٌ عِنْدَنَا Bir Ramazon oyining bir kunida bir necha bor eb yuborib ro‘zasini qasddan ochgan kishi bitta kafoorot to‘lashi borasida ulamolar ittifoq qilishgan. Agar ikki Ramazon oyida shu ishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, garchi keyingi oyning kafforotini ado qilayotganda avvalgi Ramazonning kaforotini ado qilmagan bo‘lsada, har bir oy uchun alohida – alohida kafforot vojib bo‘ladi.
Agar bir Ramazon oyining bir necha kunlarida qasddan ro‘zasini ochib yuborgan bo‘lsa, birinchisiga kafforotini ado qilib bo‘lgan bo‘lsa ikinchisini kafforoti lozim bo‘lishi borasida ulamolar ittifoq qilishgan. Agar birinchisiga kafforot to‘lamagan bo‘lsa, u holda bizning nazdimizda ikalasiga bir kafforot to‘lovini bajarishi lozim bo‘ladi.  (Javharotun Nayyiroh). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar