Sovg‘ani hukmi

Assalomu alaykum! Alloh qilaetgan xayrli ishlaringizni ajrini yuqori qilsin. Sizlar tufayli ko‘p savollarga javob olishda davom etmoqdamiz.
1). Er kishi ayoliga biror buyum (ko‘ylak, tilla, mashina, telefon, uy yoki idish tovoq) sovg‘a qilib, vaqt o‘tishi bilan bu narsani boshqa bir insonga ayolini biror xatosi tufayli yoki ayolning  roziligini olmay yoki e’tiroziga qaramay o‘z  xoxishi bilan o‘sha buyumni sotib yoki berib yuborishi mumkinmi?
2). Ayol o‘z sovg‘asini egasi hisoblanmaydimi?
3). Agar ayol o‘sha buyumni soxibasi bo‘lsa-yu, buyum  egasini roziligisiz sotilgan yoki berib yuborilgan narsani g‘ukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Agar er olib berayotib ayoliga vaqtincha foydalanib turish uchun bergan bo‘lsa,  mumkin. 2). Bu erning niyatiga bog‘liq. 3). Shaxsiy mulkga daxl bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar