Namoz va yulduz

Assalomu alaykum! Ustozlar, namozni takvim vakti kirishi bilan o‘qisa bo‘ladimi? Masalan peshin 13:00 bolsa takvimda 12:15 larda kiradi. Shu vakt kirganda o‘qisa bo‘ladimi?
2) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Iskandar Zulkarnayn, Amir Temur bir yulduz ostida tug‘ilgan emishlar degan gapni bir kitobda o‘qigan edim. Qiron yulduzi deb atalar ekan bu yulduz. Shuning uchun xam Amir Temur Soxibkiron deyilar ekanlar. Ya’ni bunda yupiter va venera yulduzlari tutashgan vaqt ekan. Bu fakat 100 yilda bir sodir bo‘lar ekan. Shu bor narsami? Umuman insonga rostdan xam yulduzlar ta’siri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz Toshkentda yoki yaqinida bo‘lsangiz bo‘ladi. 2). “Insonning taqdiri yulduzga bog‘liq” degan gap safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar