Sovg‘a – oluvchining mulkidir

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ayol kishiga turmush o‘rtog‘i bergan narsa kimning haqqi bo‘ladi? O‘z-o‘ziga sovg‘a qilingan narsa? Uni kimdir ishlatib turaman, deb so‘rab olsa-yu, keyin qasddan qaytarmasa, uning hukmi qanday bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sovg‘aning hukmi oluvchining mulki hisoblanadi. Sovg‘ani olgan kishidan boshqasi so‘ramasdan va roziligisiz ishlatishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar