Namoz haqida bir nechta savol

Assalomu alaykum! Jamoat namozida imomning olididagi sutra hamma jamoatga kifoya qilinadi deyilgan. Savolim bizda juma namozlari masjid sirtida o‘qiyotgan tarqoq xolda o‘qishadi. Aniqlab aytsak bir gurux bir erda ikkinchisi o‘rtada odamlar o‘tadigan yolni tashlab ulardan uzoqda bir gurux bo‘lib o‘qishadi. Vaholanki shunday guruxlarga asosan namozga kech kelgan insonlar keladi. Savolim shundayki agar 2-rak’atga kelgan bo‘lsa imom tugagandan keyin qolgan 1 rak’atni o‘qish uchun oldida avvaldan sutra qo‘yish kerakmi yoki imomning namoz boshlamasdan oldingi sutrasi keyin kelib qo‘shilgan jamoatlarga ham kifoyami? 2). Bu erda 2 savolga ham javob bersangizlar maqsadga muvofiq bo‘lardi? Biz Qozog‘istonda juma kuni 4 rak’at sunnatdan keyin azon aytilib imom minbarda arabcha xutbani boshlaydi. Bu xutba boshlanganda masjidga kelgan inson xutba tishlashi vojib bo‘lgani uchun sunnat namozini keyinga surib xutba tishlagani afzal deb bilaman. Ammo 1-arabcha xutbadan keyin imom yana qozoq tilida 10 minutda xutba qilib, undan keyin "Samiud dua" deb duo qilib, 2-xutbani boshlaydi. Bu erda o‘sha 10 minut arabcha emas balki boshqa tildagi xutbani tishlash ham vojibmi? Shu vaqt ichida sunnat namozinino‘qib olishi joizmi? Chunki u xam azondan keyin kilingan xutba emasmi? Shu masalada 2-savolim men O‘zbekistonda qanday ekanini bilmayman ammo Qozog‘istonda shunday deb savolni sizlardan so‘rayabman. Bir odam hamma o‘z muftiyatidan so‘rashi kerak deb aytadi. Boshqa erning muftiyati boshqa xalq uchun javob bera olmaydi deb aytadi. Aslida ham shundaymi? Axir 2 xalqda ham bir xil-ku. 3). Jamoat namoziga kechikib kelgan inson qolgan namozini qanday tartibda o‘qiydi? Masalan. Shom namozining 3-rak’atiga ulgirib kelgan inson salomdan keyin turib, qolgan 2 rak’atni o‘qish uchun sano duosini o‘qib xuddi birinchi rakatdagi kabi zam sura kabi o‘qib, keyin yana qadaga o‘tiradim yoki 2 rakatni xam o‘qib bo‘lgandan keyin qadaga o‘tiradimi? Ikkinchi vaziyat agar xufton namozining oxirgi ya’ni 4-rak’atiga kelgan inson, salomdan keyin avval qaysi rak’atni o‘qiydi, bir odam avval 4-rak’atni o‘qib bo‘lib, keyin 1 va 2-rak’atni o‘qiydi deb aytgan. Shu masalarda qanday yo‘l tutamiz? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). https://fiqh.uz/maqola/454 
2). Keyingi qo‘shilganlarga ham sutra.
3). U vatda ham sunnat o‘qilmay turadi.
4). Fitna chiqmasligi uchun shunday deyiladi.
5). Shom namozining 3- rak’atiga ulgirib kelgan inson salomdan keyin turib, qolgan 2 rak’atni o‘qish uchun sano duosini o‘qib xuddi birinchi rakatdagi kabi zam sura kabi o‘qib, keyin yana qadaga o‘tiradi. Attahiyyatni o‘qib turadi, bir rak’atni zam sura bilan o‘qib tugatadi.
6). Sanodan boshlab 1 rak’at o‘qib o‘tiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 206 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar